insurez
25-08-2025 10:49

Kamongaronda homiylik asosida bolalar o‘yingohi qurilmoqda


 

Kamongaron mahallasida homiylik asosida bolalar o‘yingohi, futbol va voleybol maydonchalari, turli xil o‘yin maydonchalari hamda tribunalar qurib berilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida hudud obodonlashtirilib, yoritish chiroqlari, o‘rindiqlar va zamonaviy sport anjomlari o‘rnatilishi ham rejalashtirilgan. Bu esa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, qurilish ishlari yakunlangach, ushbu maskan nafaqat bolalar, balki mahalla aholisi uchun ham madaniy hordiq va sport musobaqalarini tashkil etish maydoniga aylanadi.

Teglar
- -