insurez
20-06-2025 16:52

“G‘alla — 2025” o‘rim-yig‘im mavsumi oldidan seminar tashkil etildi.


Urgut tumani hokimi Botir Shukurovich rahbarligida “G‘alla — 2025” o‘rim-yig‘im mavsumi oldidan seminar tashkil etildi. Unda bu yilgi yetishtirilgan g‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatda samarali yig‘ib olish masalalari muhokama qilindi.

Hokim g‘allachilik bilan shug‘ullanayotgan xo‘jaliklar va mas’ul ishchi guruhlarni mavsum boshlanishi bilan tabriklab, hosilning mo‘l-ko‘l va barakali bo‘lishini tiladi. Shu bilan birga, u javobgarlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatilganini ta’kidlab, hosilni qisqa fursat ichida, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda, iqtisodiy va tashkiliy jihatdan tartibli tarzda yig‘ib olish zarurligini alohida ta’kidlab oʻtdi. 

Teglar
- -