🎉 Gʻalaba muborak, Uljon Amriyeva!
🥇 Para dzyudo sportida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib, xalqimizga faxr va iftixor ulashgan chempionimiz Uljon Amriyevani chin yurakdan muborakbod etamiz!
🇺🇿 Mardona mehnat, yuksak iroda va cheksiz fidoyilik evaziga erishilgan ushbu gʻalaba xalqimizning qalbidan o‘rin oldi.
🏡 Yutuqqa munosib tarzda, hurmatli Prezidentimiz tomonidan berilgan xonadon sovgʻasini tuman hokimi Botir Jabborov tantanali ravishda Uljon Amriyevaga topshirdi — bu esa chempionimizga bo‘lgan chuqur e’tibor va e’tirofning yaqqol namunasi!
👏 Gʻururimizsan, Uljon!
Yana ko‘plab zafarlar sari olg‘a! 💪