03-02-2026 19:26
2026-yil 4-fevral kuni soat 09:30 da 14-maktab binosida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Karimovning sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Urgut tumanida joylashgan chegara hududdagi “Chep” va “Mirzabog‘lon” mahalla fuqarolar hamda unga tutash mahallalar aholisi uchun 2026-yil 4-fevral kuni soat 09:30 da 14-maktab binosida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Karimovning sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Shuningdek, qabulda viloyat va tuman tashkilotlarining mutasaddilari ham ishtirok etishadi.
Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar boʻlsa qabul davomida murojaat qilishingiz mumkin.
Urgut tumani hokimligi axborot xizmati.

