Янгиликлар

URGUTIMIZ FARZANDI O‘ZBEKISTON NIGOHIDA

 

2021-2022 yil mavsumida O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatiga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi futzalchisi aniqlandi. 

Unga koʻra, Urgut tumani Bog‘ishamol mahallasning faxrli farzandi, jahon chempionati ishtirokchisi, bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Nishonov Husniddin Bahrom o‘g‘lining  jamoa  oʻyinlaridagi xizmatlari alohida eʼtirof etilib, yilning eng yaxshi futzalchisi nominatsiyasiga munosib deb topildi.

Маҳаллий бюджет параметирлари

 

Жорий йилнинг 1-чорагида  маҳаллий бюджет бўйича белгиланган даромадлар прогнози режаси 26748,2 млн. сўм этиб белгиланган бўлиб, хақиқатда 29968,2 млн.сўмга (112 фоиз) ёки  3220,0 млн. сўм ортиғи билан ижро этилди.

XOTIN-QIZLAR HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRILISHGA QARATILGAN TADBIRLAR

Fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudining raisi T.Rustamov va sudyasi F.Muxtarovlar tomonidan tuman hokimligida seminar oʻtkazildi.

Seminarda Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish, notinch oilalarda sogʻlom muhitni barqarorlashtirish, huquqbuzarlik sodir etishga moyil xotin-qizlarni sogʻlom turmush tarziga qaytarish haqida soʻz yuritildi.

Tadbir doirasida sayyor sud majlisi ham boʻlib oʻtdi.

BAYRAM TADBIRI

Tumanimizdagi, "Bogʻi farishta" bazmgohida respublikamizda "Koʻzi ojizlar" jamiyatining tashkil etilganligiga 90 yil toʻlganligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Unda yuzdan ortiq jamiyat aʼzolari, tuman hokimligi, "Mehr saxovat" jamiyati va boshqa homiy tashkilotlar ishtirok etdi.

Tuman hokimi oʻrinbosari Asqar Eshonqulov, tuman koʻzi ojizlar jamiyati raisi Zoyir Azimov, tuman nogironlar jamiyati raisi Qosim Qodirovlar soʻzga chiqdi.

Tadbir ishtirokchilari bir piyola choy ustida dildan suhbat qurdilar. Sanʼatkorlarning diltortar qoʻshiqlari barchani xushnud etdi.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15