Янгиликлар

2023- yilda yurtimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri qanday amalga oshiriladi.

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinadi.

BOLAJONLAR UCHUN UNUTILMAS KUN BOʻLDI

 

Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Urgut tumani istirohat bogʻida bayram tadbirlari keng nishonlandi. 

Ushbu bolajonlar bayrami uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Unda tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarning farzandlariga alohida eʼtibor qaratilib, sovgʻa salomlar ulashildi.

Shuningdek, istirohat bogʻida ochilgan turli attraksionlar, festivallar, bolalar ijodiyoti koʻrgazmalari, sport musobaqalari hamda ommaviy sayr-tomoshalari, bolajonlar uchun chinakam bayram sovgʻasi boʻldi.

Yarashtirilganligi munosabati bilan maʼmuriy javobgarlikdan ozod etish - qonunchiligimizdagi yangi institut hisoblanadi  

Yarashganlik munosabati bilan jazodan ozod qilish amaliyoti 2001 yilda jinoyat kodeksiga 66/1-modda sifatida kiritilgan edi. Bu institut amaliyotda oʻzini oqladi va bugungi kunda ham samarali foydalanib kelinmoqda. Yarashganlik instituti joriy qilinishi tufayli juda koʻp fuqarolar jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi va ozod qilinmoqda. Shu bilan birga bilib-bilmay jinoyat sodir qilgan fuqarolar qonunchilikdagi bu imkoniyatdan oqilona foydalanib, qilmishidan pushaymon boʻlib, oʻzaro yarashib, toʻgʻri xulosa chiqarmoqda.

 

Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostidagi festivalga Urgut tumanida start berildi

 
Yoshlar festivali erta tongdan sektorlar kesimida bir vaqtning o‘zida start oldi. festivalga barcha mahalla yoshlari jalb qilinib, sogʻlom hayot sari 5000 qadam, voleybol, stol tennisi, mini futbol sport turlari hamda zakovat intellektual oʻyinni va "Mushoira" ijodiy tanlovlarida oʻzaro bellashdilar. Yoshlar festivali davom etmoqda, bizni kuzatishda davom eting.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15