Qishlog‘ingiz nega shunday atalishini bilasizmi?
09.03.2023 - 18:38O‘RAMAS – Samarqand viloyati Urgut tumanida qishloq nomi. A.D.Grebenkin Zarafshon okrugidagi minglar haqida to‘xtalib, bu qabila tog‘ali, bog‘lon va uvoqtamg‘ali urug‘laridan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Uvoqtamg‘alilar, o‘z navbatida, algar, chavutjayli, o‘ramas, to‘qnamoz, kiyikxo‘ja va yarat (jarat) tarmoqlariga bo‘lingan (Grebenkin, 1874: 332).
©️Sherali TEMIROV, Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.