GIYOHVAND MEHMON

Image_tadbir: 

J.F. ismli shaxs 2021-yil dekabr oyi oʻrtalarida oʻzi yashab kelayotgan Tojikiston Respublikasi Soʻgʻd viloyati Panjikent shahrida joylashgan dorixonalarni biridan sotib olgan 6 dona konvalyutada jami 60 dona “Tramadol” giyohvandlik vositalarini oʻziga tegishli qoʻl sumkasidagi kiyimlari orasiga joylashtirib, 2021-yil 10-dekabr kuni Tojikiston Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali kontrabanda qilish yoʻli bilan bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazgan vaqtida “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan toʻxtatilib, qoʻl sumkasidagi paypoqni orasidan 6 dona konvalyutadagi jami 60 ta “Tramadol 50 mg. kapsula” nomli giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan. 
 

2021-yil 29-dekabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Urgut tuman sudining raisi F.Xudayberdiyev  tomonidan mazkur jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqilib, sudlanuvchi J.F Oʻzbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, qonunchilikdagi odillik, insonparvarlik, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga rioya qilgan holda, chet el fuqarosi ekanligi inobatga olinib, ish holatlaridan kelib chiqib, unga nisbatan JKning 57-moddasi qoʻllanib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, yaʼni 27.000.000 soʻm jarima jazosi tayinlandi va umrbod Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi cheklangan holda deportatsiya qilinib, Oʻzbekiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga chiqarib yuborildi.  
 
Xudayberdiyev Farhod, 
Jinoyat ishlari boʻyicha Urgut 
tuman sudining raisi

2015-2022 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15