Aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olishga doir taʼriflar 

“Aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish”, aholi va uy joy toʻgʻrisida oʻzaro bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni  olish imkonini beruvchi jarayondir. Ushbu tadbirning afzalligi shundaki, u ikki xil toʻplam (aholi va uy joy) toʻgʻrisida maʼlumot olish imkonini beradi. Aholi va uy-joy fondi bilan bogʻliq aholini roʻyxatga olish tadbirining natijalari kichik hududlar va aholining kichik guruhlari boʻyicha aholi, oilalar, uy xujaliklari va uy-joy holati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni bir xil asosda ishlab chiqish uchun zarur. Aholining xususiyatlari geografik, demografik, ijtimoiy, iqtisodiy alomatlar hamda oilalar va uy xujaliklarining belgilarini oʻz ichiga oladi. Koʻpgina mamlakatlar uchun roʻyxatga olish jarayonida olingan natijalar bunday maʼlumotlarni ishlab chiqish uchun juda muhimdir, chunki roʻyxatga olish boshqa diqqatga sazovor muqobillarga ega boʻlmagan yagona manba hisoblanadi.

2015-2022 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15