“Aholini ro’yxatga olish to’g’risida”gi qonunni bilasizmi?

 

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to’g‘risida”gi qonuni 2019 yil 21 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 2020 yil 28 fevralda Senat tomonidan ma’qullangan hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020 yil 16 mart kuni O‘RQ-611-son bilan qayd etilgan.

Aholini ro‘yxatga olish to’g‘risidagi qonun 5-bob, 31-moddadan iborat bo‘lib, har bir bob, har bir moddalarda aniq mezonlar belgilab berilgan. 1-bob: Umumiy qoidalar bo‘lib 11 moddadan, 2-bob: Aholini ro‘yxatga olish sohasini tartibga solish bo‘lib, 7 moddadan, 3-bob: Respondentlarning hamda ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari bo‘lib, 2 moddadan,  4-bob: Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘lib, 6 moddadan, 5-bob: Yakunlovchi qoidalar bo‘lib, 5 moddadan iboratdir. Masalan 1-bob 10-moddada “Aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi” deb belgilangan, 2-bob 12-moddada “Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo’yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasida maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi” deb belgilangan.

 

 

 

Urgut tuman statistika bo’limi.

2015-2022 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15