Urgut tumanidagi umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi boʻsh turgan xonalar hisobiga maktabgacha tayyorlov guruhlarini tashkil etish toʻgʻrisida tuman hokimining qarori

2021 - yil 29 - oktabr 63-7-105-Q/21

Urgut tuman hokimligi Urgut tumanidagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bo‘sh turgan xonalar hisobiga maktabgacha tayyorlov guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9- martdagi “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qarorining 2-ilovasiga ko‘ra, “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi ijrosini ta’minlash hamda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining 2021-yil 15-oktabrdagi 01/12-905-sonli xatini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6- va 25-moddalariga asosan QAROR QILAMAN:

1. Urgut tumani maktabgacha ta’lim bo‘limining 2021-yil 15- oktabrdagi 01/12-905-sonli xati inobatga olinsin.

2. “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyati tashkil etiladigan manzillar ro‘yxati”ga asosan tumandagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bo‘sh turgan xonalar hisobidan maktabgacha tayyorlov guruhlari ilovaga muvofiq tashkil etilsin.

3. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi (J.Zoitov)ga: e-qaror.gov.uz 02.11.2021 2 tayyorlov guruhlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarni maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish; bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qishga tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, bolalarni har tomonlama aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash; bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonoviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllarini hamda usullarini joriy etish vazifasi topshirilsin.

4. Tuman Xalq ta’limi bo‘limi (Sh.Saitqulov) umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan tayyorlov guruhlariga xonalar ajratilishini ta’minlasin. 5. Tuman hokimligi moliya bo‘limi (O.Qoraev)ga tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limining xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi topshirilsin. 6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari J.Haydarov zimmasiga yuklatilsin.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15