Image_tadbir:
Yoshlarni Vatanga boʻlgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari mutaxassislari harbiylarining chiqishlari tumanimiz yoshlariga namoyish qilindi.
Chiqish davomida harbiylar jangovor tayyorgarlik boʻyicha chiqishlar qilishdi. Yigʻilganlarga qurol-aslahalar haqida va ularni xususiyatlari haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir Urgut tumani hokimligi, IIO FMB, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tashkil qilindi.