Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdagi oʻttiz beshinchi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan
QAROR QILAMAN :

1. Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdagi oʻttiz beshinchi sessiyasi 2021-yilning 23-iyun kuni soat 14:00 da tuman hokimligi binosida chaqirilsin.

2. Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdagi oʻttiz beshinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilishi inobatga olinsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U.Kamolovning hisoboti haqida.

Xalq deputatlari tuman Kengashi ishchi guruhi tomonidan tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Baratov Farid Abdujabborovichning faoliyatini oʻrganish natijasi toʻgʻrisida.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni mazkur daftardan chiqarish toʻgʻrisida.

“Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish, ularga ish oʻrni yaratish, zarur ehtiyojlarini oʻrganib, shunga munosib tarzda yordam berish, moliyaviy ahvolini yaxshilash boʻyicha tumandagi sektorlardan shakllantirilgan roʻyxatlarni qaytadan tasdiqlash toʻgʻrisida.

3. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.

Tuman hokimi            B.Jabborov

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15