Bolalar oromgohiga yoʻllanma olish tartibi qanday?

Ota-onalar farzandlari uchun bolalar sogʻlomlashtirish oromgoxlariga imtiyozli yoʻllanmalarni oʻzlari ishlab turgan korxona, tashkilot yoki muassasa boshlangʻich kasaba uyushma qumitasi orqali oʻrnatilgan tartibda olish imkoniga egalar.

Yoʻllanma olish uchun xodim kasaba uyushma qumitasi nomiga ariza bilan murojaat etadi.

Oromgoxga yoʻllanma olish uchun ariza xodim tomonidan sogʻlomlashtirish mavsumi boshlanishidan bir oy oldin beriladi.

Arizaga xodimning pasport nusxasi hamda farzandining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvoxnomasi ilova qilinadi.

Oromgoxga 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar hududiy poliklinika tomonidan berilgan tibbiy maʼlumotnoma (079/x shakl) bilan qabul qilinadi.

Ishlamaydigan fuqarolar farzandlarini dam oldirish uchun oromgoxlarga yoʻllanmalarni oromgoxni balansda saqlovchi xoʻjalik organining kasaba uyushma qumitasidan yoki oromgoxdan yullanma qiymatining 100 foiz tulovi bilan xarid qilishlari mumkin.

Bolalar sogʻlomlashtirish oromgoxlari dislokatsiyasi hamda yullanmalarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalaridan olish mumkin.

2015-2024 © Ургут туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM
95x15