Events

ILGʻOR AGROFIRMA RAISLARI TAQDIRLANDI

 

Erta tongdan pilla qabul qilish korxonasida, shartnomaviy rejani birinchilardan boʻlib bajargan Bahrin, Navoiy, Samarqand agrofirma raislari tuman hokimligining qimmatbaho sovgʻa va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yil tumanda 5180 quti ipak qurtidan, 295 000 ming kg yuqori sifatli pilla yetishtirish belgilangan.

Image_tadbir: 

ОAV vakillari, blogerlar hamda yoshlar diqqatga! 

 

Joriy yilning 4-iyun kuni soat 09.00 da Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat hamda Urgut tuman hokimligi bilan hamkorlikda 5-iyun — Butunjahon atrof-muhit kuni munosabati bilan “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida Sariqtepa massovida joylashgan  "Ideal Elektrolux" korxonasi hududida ekologik aksiya tashkil etiladi. 

Unda media-tur, koʻrgazmali boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi va madaniy dasturlar oʻrin olgan boʻlib,  300 nafardan ortiq yigit-qizlarning ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda. 

Image_tadbir: 

SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ TADBIRLARI

 

Bugun tumanimiz bo‘ylab barcha umumtaʼlim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, tuman hokimi B.Jabborov hamda Urgut tuman xalq ta'limi bo'limi mudiri E.Po'latov tumandagi 28-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirida ishtirok etishdi.

Tuman hokimi barcha ishtirokchilarini, bitiruvchi o‘quvchilarni bayram bilan tabriklab, Muhtaram Yurtboshimizning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Image_tadbir: 

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI OʻTKAZILDI

 

Bugun Urgut tumani Quyi Algar mahallasida joylashgan Urgut tumani Pedagogika kolleji binosida tuman hokimi B.Jabborov, sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi tadbirkorlar qabuli boʻlib oʻtdi.

Ushbu qabul davomidan 6 nafar tadbirkor ishtirok etib, ularning murojaatlari birma-bir tinglandi. Har haftalik ijro muddati bilan, murojaatlarfa tegishli masʼullar biriktirildi.

Image_tadbir: 

MAHALLA RAISI SAYLOVI BOSHLANDI

 

Bugun, Urgut tumanidagi Zarafshon, Algar, Doʻstlik va Sariqtepa mahalla fuqarolar yigʻinlarida mahalla rais (oqsoqoli) saylovi boʻlib oʻtdi. Mazkur mahallalardagi saylovlar Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida oʻtkazildi.

Saylovda, mahalla fuqarolar yigʻini vakillari oʻzlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishda faol ishtirok etishdi.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15