Bugun "Navro'z" umumxalq bayrami munosabati bilan Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Beshkon mahallasida "Sumalak sayli" tadbiri bo'lib o'tdi.
"Sumalak Sayli" doirasida tumanimiz ahli va mehmonlar uchun:
- milliy taomlarni tayyorlanib tortiq qilindi;
- varrak uchirildi;
- folklor ansambllarining chiqishlari tashkillashtirildi;
- konsert dasturlari o‘tkazildi;
- havo sharlari uchildi;
- ot va tuyularda sayrlar uyushtirildi;
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan sayl kelgan barchaga bahoriy xush kayfiyat ulashdi, barchani fasllar kelinchagi bahor bayrami Navro‘z bilan muborakbod etamiz.
Navro‘zing- yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O‘zbekistonim!