Korxona va tashkilotlar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

Korxona va tashkilotlar rahbarlari

va hisobchilari diqqatiga!

 

         Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari) 1-BX shakli (Boshqaruv organi xodimlari soni to‘g‘risida hisobot) va 1-Mehnat shakli (Mehnat hisoboti) (choraklik) Davlat statistika hisobotlarini 2020 yilning 6 yanvar sanasidan kechiktirmasdan www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlarida joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 3.0 dasturi orqali elektron ko‘rinishda elektron imzodan foydalangan holda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Fermer xo‘jaliklar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

 

Fermer xo‘jaliklar tomonidan “Fermer xo’jaligi faoliyati to’g’risidagi hisobot 1-FX shakli yilda 2 marta (1 iyul va 1 yanvar holatiga) Davlat statistika hisobotini joriy yilning 5 yanvar sanasidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idan foydalangan holda davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan eStat 3.0  tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi. 

eStat 3.0  tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni)ni Davlat statistika qo‘mitasining  www.stat.uz hamda viloyat statistika boshqarmasining www.samstat.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

 

Mahalla fuqarolar yig’ini raislari diqqatiga!

 

Mahalla fuqarolar yig’ini tomonidan “Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaliklari faoliyati to’g’risidagi hisobot” 1-DX shakli yilda 2 marta (1 iyul va 1 yanvar holatiga) Davlat statistika hisobotini joriy yilning 5 yanvar sanasidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idan foydalangan holda davlat statistika hisobotlarini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan eStat 3.0  tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi. 

eStat 3.0  tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni)ni Davlat statistika qo‘mitasining  www.stat.uz hamda viloyat statistika boshqarmasining www.samstat.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

 

Urgut Tuman statistika bo’limi

Telefonlar: 932318873 933508612

2015-2020 © Хокимият Ургутского района. Разработан в: SAKTRM
95x15