Hokimlik nizomi

2018  yil «10» senyabr                     №2397-Q               Urgut sh. – g.Urgut

Urgut tumani hokimligi boshqaruv apparati, uning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi Nizomlarni hamda boshqaruv apparati xodimlarining funktsional vazifalarini tasdiqlash to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PK-2691-sonli Qaroriga muvofiq xamda Samarqand viloyati xokimining 2018 yil 8 sentyabrdagi 603-Q-sonli qarori xamda tuman hokimligi boshqaruv apparati faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularning mas'uliyatini kuchaytirish maqsadida,

QАROR QILАMАN:

1. Samarqand viloyati xokimining 2018 yil 8 sentyabrdagi “Viloyat hokimligi boshqaruv apparati, uning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi Nizomlarni hamda boshqaruv apparati xodimlarining funktsional vazifalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 603-Q-sonli qarori raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Ushbu karor quyidagilar:

Tuman hokimligi boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga;
Tuman hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi to’g’risidagi Nizom
2-ilovaga;
Tuman hokimligi iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari majmuasi to’g’risidagi Nizom 3-ilovaga;
Tuman hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari majmuasi to’g’risidagi Nizom 4-ilovaga;
Tuman hokimligi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari majmuasi to’g’risidagi Nizom 5-ilovaga;
Tuman hokimligi qishloq va suv xo’jaligi masalalari majmuasi to’g’risidagi Nizom 6-ilovaga;
Tuman hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha majmuasi to’g’risidagi Nizom 7 -ilovaga;
Tuman hokimining o’rinbosari-xotin-qizlar qo’mitasi raisi majmuasi to’g’risidagi Nizom 8-ilovaga;
Tuman hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining funktsional vazifalari taqsimoti 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining o’rinbosarlari, tarkibiy bo’linmalar rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomlar va funktsional vazifalar taqsimoti talablariga to’liq rioya etsinlar.

4. Belgilab qo’yilsinki, Nizomlar va funktsional vazifalarga rioya etilmasligi ularga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy jazo choralari qo’llanilishiga asos bo’lib hisoblanadi.

5. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirish bo’yicha takliflarni tuman hokimligi bosh yuriskonsulьti tayyorlasin.

6. Tuman hokimining 2017 yil 27 apreldagi 1233-Q-sonli qarori va 2017 yil 27 apreldagi 34-F-sonli farmoyishi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.

7. Tuman hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi (F.Аxatov) tuman hokimligi boshqaruv apparatining barcha xodimlarini o’z vazifalari bilan tanishtirilishini ta'minlasin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Qaror ilovalari

1-ilova                               3-ilova                       5-ilova                    7-ilova  

2-ilova                              4-ilova                        6-ilova                    8-ilova 

 

Tuman xokimi:                                                                           M.Turdiev

2015-2024 © GOVERNMENT OF URGUT DISTRICT. Maked by: SAKTRM
95x15