BOSH MAQSAD – ISHSIZ FUQAROLARNING BANDLIGINI TAʼMINLASH

Image_tadbir: 

Bugungi kunda mamlakatimizda aholining bandligini taʼminlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlikka oʻrgatish boʻyicha koʻplab amaliy ishlarning guvohi boʻlmoqdamiz. Tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun imkoniyatlar eshigi keng ochildi.

Joriy yilning 17-iyun sanasida tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.Tugalov mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumanning “Vatkan” agrofirmasi hududida faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Ismigul uzumzor zamini” fermer xoʻjaligining 3,5 gektar gʻalladan boʻshagan yer maydonidan “Vatkan-Qoʻzibek” mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlar va ayollarning 14 nafariga 0,25 gektardan takroriy ekin ekishi uchun ajratib berildi. Fuqarolar  ajratilgan ushbu yer maydonlariga takroriy ekin ekib, bandligi taʼminlandi, daromad topish imkoniyatlari yaratildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF URGUT DISTRICT. Maked by: SAKTRM
95x15